KIBERSPORT, DRON VA ROBOT TEXNOLOGIYALARI BO‘YICHA VILOYAT BIRINCHILIGI O‘TKAZILDI
2026-08-14 14:00:00 / Yangiliklar

Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tizimida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar va xizmatchilardan tashkil topgan jamoalar o‘rtasida kibersport, dron va robot texnologiyalari sport turlari bo‘yicha viloyat birinchiligi o‘tkazildi.
Musobaqadan ko‘zlangan asosiy maqsad — xodimlarning zamonaviy axborot texnologiyalari, dron va robototexnika yo‘nalishlaridagi bilim hamda amaliy ko‘nikmalarini oshirish, jamoaviy hamkorlik va sog‘lom raqobat muhitini rivojlantirishdan iborat.
Bellashuvlarda jamoalar o‘zlarining tezkor fikrlashi, texnik mahorati va zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish qobiliyatlarini namoyish etdilar.









