Yoshlar — jamiyatning ertangi kuni, yurt taraqqiyotining muhim tayanchi.
2026-08-13 15:00:00 / Yangiliklar

Yoshlar — jamiyatning ertangi kuni, yurt taraqqiyotining muhim tayanchi. Ularning bilim va salohiyatini oshirish, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda munosib sharoitlar yaratish bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir.
Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.
Unda boshqarma boshlig‘i, polkovnik I. Matchanov, O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Xorazm viloyati kengashi raisi Sh. Allaberganov, boshqarmaga biriktirilgan yoshlar, Urganch shahar 1-son IMI “Prezident iqtidorli farzandlari milliy volontyorlar jamoasi” a’zolari hamda boshqarma tizimida faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar ishtirok etdi.
Uchrashuv avvalida yoshlar boshqarma faoliyati, uning asosiy vazifalari hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish yo‘nalishidagi ishlar bilan yaqindan tanishdilar.
Shundan so‘ng yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot tashkil etilib, ularning fikr va takliflari tinglandi. Suhbat davomida yoshlarning bilim va salohiyatini yanada rivojlantirish, kasbiy mahoratini oshirish, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda kelgusidagi maqsadlarini ro‘yobga chiqarish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Muloqot davomida yosh xodimlarning xizmat faoliyati davomida erishayotgan yutuqlari e’tirof etilib, ularga kelgusidagi faoliyatida muvaffaqiyat tilandi. Shuningdek, sohada sidqidildan xizmat qilib kelayotgan bir qator harbiy xizmatchilarga navbatdagi harbiy unvonlar tantanali ravishda topshirildi.
Tadbir davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutasaddilardan javob olib, xizmat faoliyatiga oid muhim ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Bunday ochiq muloqotlar yosh avlod vakillarining davlat xizmatiga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning kasbiy va intellektual salohiyatini yuksaltirish, shuningdek, yosh xodimlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Yoshlar — kelajak bunyodkorlari. Ularning bilim, g‘ayrat va tashabbuslari yurtimiz taraqqiyoti hamda xalqimiz xavfsizligini ta’minlash yo‘lidagi ezgu maqsadlarga xizmat qiladi.
Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish va faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.






