Qutqaruvchilar tayyorgarligi mustahkamlanmoqda!
2026-08-11 16:00:00 / Yangiliklar

Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan qutqaruvchilarning jismoniy tayyorgarligini yanada oshirish, xizmat vazifalarini yuqori saviyada bajarish hamda favqulodda vaziyatlarda tezkor va samarali harakat qilish ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.
Mashg‘ulotlarda boshqarma Faxriylar kengashi raisi Ilhom Matyaqubov ham ishtirok etib, qutqaruvchilar bilan o‘zining boy hayotiy tajribasi va tavsiyalarini o‘rtoqlashdi. Ular tomonidan berilgan maslahatlar yosh qutqaruvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, mas’uliyat hissini yanada kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bunday mashg‘ulotlar qutqaruvchilarning jismoniy va ruhiy tayyorgarligini mustahkamlash, favqulodda vaziyatlarda aholi xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlarning muhim qismi hisoblanadi.







