🇺🇿 MUSTAQILLIK BAYRAMI ARAFASIDA XIZMAT AVTOMOBILLARI TOPSHIRILDI
2026-08-08 15:30:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bayrami arafasida Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda shahar va tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limlari xodimlari uchun yangi xizmat avtomobillari tantanali ravishda topshirildi.
Tadbirda Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari, polkovnik X.Sotiyev ishtirok etib, xizmat avtomobillarini mas’ul xodimlarga tantanali ravishda topshirdi.
Mazkur xizmat transport vositalari hududlarda favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yong‘in xavfsizligini taʼminlashda, shuningdek, aholining xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlarni yanada samarali tashkil etishga xizmat qiladi.









