📚 Malaka oshirish o‘quv kurslari davom etmoqda
2026-08-04 10:30:00 / Yangiliklar

Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Hayot faoliyati xavfsizligi o‘quv markazi tomonidan shartnoma asosida "O‘ZDAVYERLOYIHA" DILI Xorazm bo‘linmasi ishchi-xizmatchilari uchun malaka oshirish o‘quv kurslari tashkil etildi.
O‘quv mashg‘ulotlari davomida tinglovchilarga favqulodda vaziyatlarning oldini olish, sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakat qilish, fuqaro muhofazasi sohasidagi bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlashga qaratilgan nazariy hamda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.
Mazkur o‘quv kurslari ishtirokchilarning favqulodda vaziyatlarga tayyorgarligini oshirish, hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini yuksaltirish hamda amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.









