Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha onlayn seminar o‘tkazildi
2026-08-03 17:30:00 / Yangiliklar

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi bilan bir qatorda internet tarmog‘i orqali sodir etilayotgan huquqbuzarliklar, xususan kiberjinoyatlar soni ham ortib bormoqda. Shu bois fuqarolar hamda tashkilot xodimlarining kiberxavfsizlik borasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi.
Ana shu maqsadda Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda uning hududiy bo‘limlari shaxsiy tarkibi ishtirokida kiberjinoyatchilikning oldini olish, xodimlarning bu boradagi xabardorligini oshirishga qaratilgan onlayn seminar tashkil etildi.
Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi masʼul xodimlari hamda Ichki ishlar boshqarmasi Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi mutaxassislari hamkorligida tashkilqilingan mazkur seminarda axborot xavfsizligini ta'minlash, internet tarmog‘ida uchrayotgan firibgarlik usullari hamda ulardan himoyalanish bo‘yicha batafsil ma'lumot berildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga shaxsiy ma'lumotlar, bank plastik kartalari rekvizitlari, SMS tasdiqlash kodlari va boshqa maxfiy ma'lumotlarni begonalarga oshkor qilmaslik, shubhali havolalar va noma'lum manbalardan yuborilgan xabarlarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish zarurligi alohida ta'kidlandi.
Shuningdek, kiberjinoyatchilar tomonidan qo‘llanilayotgan zamonaviy firibgarlik sxemalari misollar orqali tushuntirilib, ulardan himoyalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Seminar davomida mavzuga oid taqdimotlar va videoroliklar namoyish etilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.
Mazkur seminar shaxsiy tarkibning kiberxavfsizlik sohasidagi bilimlarini yanada mustahkamlash, axborot texnologiyalaridan xavfsiz foydalanish madaniyatini oshirish hamda kiberjinoyatlarning oldini olishga xizmat qildi.









