🇺🇿 RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI O‘TKAZILDI
2026-07-30 14:30:00 / Yangiliklar

Payshanba – Yoshlar kuni munosabati bilan Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik I. Matchanov tomonidan Xorazm viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlash markazida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Uchrashuv davomida yoshlarning harbiy-vatanparvarlik ruhini yuksaltirish, kasbiy mahoratini oshirish, shuningdek, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholining xavfsizligini ta’minlash yo‘lidagi mas’uliyatli xizmatning mazmun-mohiyati haqida atroflicha so‘z yuritildi.
Shuningdek, yoshlarni Vatanga sadoqat, fidoyilik va yuksak mas’uliyat ruhida tarbiyalash, ularning tashabbus va intilishlarini qo‘llab-quvvatlash borasida fikr almashildi. Tadbir yakunida yoshlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi hamda ularga kelgusidagi faoliyati va o‘qishlarida muvaffaqiyatlar tilandi.









