PAYSHANBA — YOSHLAR KUNI
2026-07-23 12:00:00 / Majlislar

Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik I. Matchanov tomonidan "Payshanba — yoshlar kuni" munosabati bilan biriktirilgan yoshlar hamda tizimda faoliyat olib borayotgan iqtidorli yosh xodimlar bilan samimiy uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida yoshlarning bilim va salohiyatini yanada rivojlantirish, ularni qo‘llab-quvvatlash, kasbiy mahoratini oshirish hamda tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari tinglandi, xizmat faoliyati davomida erishilgan yutuqlari e’tirof etilib, kelgusidagi maqsadlari yuzasidan tavsiyalar berildi.
Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning intellektual va kasbiy salohiyatini yuksaltirish borasidagi bunday uchrashuvlar izchil davom ettiriladi.
#PayshanbaYoshlarKuni #Yoshlar #XorazmFVB #FVV #YoshlarSiyosati




