Jazirama kunda suv — rohat, quvonch ulashish esa eng katta saodat!
2026-07-19 14:30:00 / Yangiliklar

Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari anomal issiq havo sharoitida aholi, ayniqsa bolajonlar uchun salqinlik va quvonch ulashish maqsadida suv favvorasi tashkil etdi.
Yozning jazirama kunlarida bunday ezgu tashabbus nafaqat salqinlik, balki insonlarga ko‘tarinki kayfiyat va unutilmas lahzalarni ham tuhfa etdi.









