Kitobga e’tibor – ma’naviyatga e’tibor
2026-07-17 15:00:00 / Yangiliklar

“Ma’naviy yuksalish va vatanparvarlik kuni” munosabati bilan Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi uchun kitob yarmarkasi tashkil etildi.
Mazkur tadbir xodimlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda ularning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini yuksaltirish maqsadida o‘tkazildi.
Yarmarkada badiiy, tarixiy, ilmiy-ommabop va ma’naviy-ma’rifiy adabiyotlarning keng assortimenti namoyish etildi. Shaxsiy tarkib vakillari o‘zlarini qiziqtirgan kitoblar bilan tanishib, ularni xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.









