Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkaziladi
2026-07-15 19:00:00 / Yangiliklar

#Dolzarb_60_kun tadbirlari doirasida Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda hamkor tashkilotlar ishtirokida Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkaziladi.
Mazkur o‘quv mashqi favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda kuch va vositalarning o‘zaro hamkorligini yanada takomillashtirish, tezkor harakatlanish, bemorlar va tibbiyot xodimlarini xavfsiz evakuatsiya qilish hamda amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlashga qaratilgan.
O‘quv mashqi davomida shartli favqulodda vaziyat yuzaga kelganda amalga oshiriladigan qutqaruv ishlari, yong‘inni bartaraf etish, jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish va boshqa zarur amaliy harakatlar sinovdan o‘tkaziladi.
🔰 Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi






