Karrupsiyasiz faoliyat-rivojlanish rivojlanish garovi!
2026-06-27 16:00:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari polkovnik Zuparov Sanjar Toxirovich hamda Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi mas'ul xodimlari tomonidan Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida ''Korrupsiya - iqtisodiy va ijtimoiy muammolar manbai!'' mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Bundan asosiy ko‘zlangan maqsad shaxsiy tarkib o'rtasida harbiy intizomni mustahkamlash, huquqbuzarlik va qonun buzilishi, shuningdеk, korrupsiya holatlarining oldini olish, harbiy xizmatchi va xizmatchilarning huquqiy ongi va madaniyatini yanada oshirishdan iborat.









