Korrupsiya va jinoyatchilikning oldini olish — ustuvor vazifa
2026-06-10 17:30:00 / Yangiliklar

Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida korrupsiya va boshqa turdagi jinoyatchilikning oldini olish, xizmat intizomini mustahkamlash hamda shaxsiy tarkibning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan profilaktik seminar tashkil etildi.
Tadbirni boshqarma boshlig‘i polkovnik I. Matchanov ochib berib, korrupsiyaning jamiyat va davlat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, ushbu illatga qarshi murosasiz kurashish hamda xizmat faoliyatida qonuniylikka qat’iy rioya etish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi.
Seminarda O‘zbekiston Respublikasi FVV MM va TI boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik J. Xasanov hamda Urganch harbiy prokuraturasi mas’ul xodimi ishtirok etib, korrupsiyaga qarshi kurashish, mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish holatlarining oldini olish, xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish va xizmat intizomini mustahkamlash yuzasidan tushuntirishlar berdi.
Tadbir Zoom platformasi orqali onlayn shaklda o‘tkazilib, Xorazm viloyati FVB shaxsiy tarkibi hamda barcha shahar va tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limlari xodimlari faol ishtirok etdi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish — har bir xodimning burchi va mas’uliyatidir. Qonun ustuvorligi, halollik va shaffoflik tamoyillariga amal qilish xizmat samaradorligini oshirishning muhim omili hisoblanadi.






