“Oilamiz — kelajagimiz” oyligi doirasida
2026-05-26 15:30:00 / Yangiliklar
Ichan-Qalʼa majmuasiga ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi.

“Oilamiz — kelajagimiz” oyligi doirasida Ichan-Qalʼa majmuasiga ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi.
Unda Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi harbiy xizmatchilari hamda ularning oila a’zolari ishtirok etib, qadimiy va betakror tarixiy obidalar bilan yaqindan tanishdilar. Sayohat davomida ishtirokchilar milliy qadriyatlarimiz, boy tariximiz va madaniy merosimiz haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Bunday tadbirlar oilalarda o‘zaro mehr-oqibatni mustahkamlash, ma’naviy yuksalishni ta’minlash hamda yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini kuchaytirishga xizmat qiladi.









