CHORSHANBA — QUTQARUVCHI KASBINI TARG‘IB QILISH KUNI: OCHIQ ESHIKLAR KUNI O‘TKAZILDI
2026-11-04 10:00:00 / Yangiliklar
Bugun, 4-nayabr kuni Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasining hududiy boshqarma, bo‘lim va tarkibiy tuzilmalarida “Chorshanba — qutqaruvchi kasbini targ‘ib qilish kuni” doirasida “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari tashkil etildi.

Tadbirlar davomida ishtirokchilarga qutqaruvchilik kasbining sharafli va mas’uliyatli jihatlari, favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda insonlar hayotini asrab qolish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, qutqaruv texnikalari va maxsus jihozlar namoyish etilib, yoshlarning ushbu sharafli kasbga bo‘lgan qiziqishini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur tadbirlar yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, qutqaruvchilik kasbining nufuzini oshirish hamda aholi o‘rtasida xavfsizlik madaniyatini mustahkamlashga xizmat qiladi.