Chorshanba — qutqaruvchi kasbini targ‘ib qilish kuni”
2026-09-09 14:00:00 / Yangiliklar

Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi hududiy boshqarma, bo‘lim va tarkibiy tuzilmalarida “Chorshanba — qutqaruvchi kasbini targ‘ib qilish kuni” munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi.
Tadbirlar davomida qutqaruvchi kasbining sharafli va mas’uliyatli jihatlari, qutqaruvchilarning aholi xavfsizligini ta’minlashdagi o‘rni haqida targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borildi. Shuningdek, yoshlarni ushbu sharafli kasbga qiziqtirishga alohida e’tibor qaratildi.
Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar qutqaruvchi kasbining nufuzini oshirish va yoshlarni ushbu sharafli kasbga yo‘naltirishga xizmat qiladi








