Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni
2026-08-20 09:00:00 / Yangiliklar
Bugun, 20-avgust kuni Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi hududiy boshqarma, bo‘lim va tarkibiy tuzilmalarida “Payshanba — huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” munosabati bilan o‘quv-seminar o‘tkazildi.

Seminarda xizmat intizomi va qonuniylikka rioya qilish, korrupsiyaning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda huquqbuzarlik va jinoyatlarning profilaktikasi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilish va xizmat transport vositalaridan xavfsiz foydalanish yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Tadbir yakunida xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish, xizmat intizomini mustahkamlash va sog‘lom ma’naviy-axloqiy muhitni ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.