“Eng yosh kitobxon” tanlovining shahar bosqichi o‘tkazildi
2026-08-17 10:00:00 / Yangiliklar

Bugun, 17-avgust kuni Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasining hududiy boshqarma, bo‘lim va tarkibiy tuzilmalarida xizmat qilayotgan yosh harbiy xizmatchilar o‘rtasida “Eng yosh kitobxon” tanlovining shahar bosqichi o‘tkazildi.
Tanlov yakunlariga ko‘ra:
🥇 1-o‘rin — Olmazor tumani FVB 2-qutqaruv qismi qutqaruvchisi, oddiy askar I. G‘ulomov;
🥈 2-o‘rin — Toshkent shahar FVBB O‘zbekiston Respublikasi IIV Markaziy omboridagi FVB 22-qutqaruv qismi qutqaruvchisi, oddiy askar A. Po‘latov;
🥉 3-o‘rin — Mirzo Ulug‘bek tumani FVB 7-qutqaruv qismi qutqaruvchisi, oddiy askar M. Nurmatov.
Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad yosh harbiy xizmatchilar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning ma’naviy-intellektual salohiyatini oshirish hamda kitob mutolaasini keng targ‘ib qilishdan iborat.






