Yakshanba — madaniy hordiq kuni
2026-08-16 09:10:00 / Yangiliklar
Bugun, 16-avgust kuni Toshkent shahar FVBB hududiy boshqarma, bo‘lim va tarkibiy tuzilmalarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar ishtirokida “Yakshanba — madaniy hordiq kuni” doirasida kitobxonlik, tosh ko‘tarish, sport o‘yinlari, shaxmat va shashka musobaqalari tashkil etildi.

Shuningdek, harbiy xizmatchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida “Ostona”, “Vatan” va “Temur” badiiy filmlari namoyish etildi.
Mazkur tadbirlar harbiy xizmatchilarning ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini yuksaltirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda jamoaviylik va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.