Rahbar va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi
2026-07-23 18:00:00 / Yangiliklar

Payshanba — “Yoshlar kuni” munosabati bilan poytaxtimizning Sergeli tumanida joylashgan “Bolalar kutubxonasi”da Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi boshlig‘i va Sergeli tumanidagi yoshlar o‘rtasida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” hamda ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.
Tadbirda tumandagi otaliqqa olingan va uyushmagan yoshlar ishtirok etib, o‘z fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslari bilan faol qatnashdilar.
Samimiy va ochiq muloqot tarzida o‘tgan ushbu uchrashuvda yoshlarning intilishlari, orzu-maqsadlari hamda kelgusidagi rejalari tinglanib, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Muloqot davomida rahbar tomonidan yoshlarga doimo o‘z ustida ishlashi, bilim va zamonaviy ko‘nikmalarni chuqur egallab borishi zarurligi alohida ta'kidlandi.
Uchrashuv yakunida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kasb-hunar o‘rganishlariga ko‘maklashish, ularning ijtimoiy faolligi va vatanparvarlik tuyg‘usini yanada mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda jamiyat hayotidagi faolligini oshirishga qaratilgan bir qator muhim tashabbuslar ilgari surildi.




