📍 “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi
2026-07-16 17:50:00 / Yangiliklar

Bugun Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik M. Muxitdinov tomonidan 2026-yilda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasini tamomlab, Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasiga xizmatga qabul qilingan yosh ofitserlar bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida yosh ofitserlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, ularga atroflicha javoblar berildi.
Shuningdek, yosh xodimlarga kelgusidagi xizmat faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilanib, ustoz-shogird an’analariga sodiq qolish, halollik va mardlik tamoyillariga amal qilish, shuningdek, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish yo‘lida fidoyilik bilan xizmat qilish zarurligi alohida ta’kidlandi.
🇺🇿 Yurt tinchligi va aholi xavfsizligi yo‘lida mas’uliyat bilan xizmat qilish — har bir qutqaruvchining sharafli burchidir!




