🚨 AHOLI XAVFSIZLIGI — DOIMIY E’TIBORDA!
2026-07-22 17:00:00 / Yangiliklar

Tadbir Toshkent shahar FVBB Favqulodda vaziyatlar volontyorlari, Hayot faoliyati xavfsizligi oʻquv markazi oʻqituvchilari hamda Chilonzor tumani FVB harbiy xizmatchilari bilan birgalikda tashkil etildi.
📌 Uchrashuv davomida bolajonlarga o'yin uslublari orqali quyidagi muhim xavfsizlik qoidalari tushuntirildi:
🔹 Oziq-ovqat mahsulotlaridan zaharlanish xavfini oldini olish;
🔹 Choʻmilish taqiqlangan suv havzalarida choʻmilmaslik;
🔹 Zilzila vaqtida toʻgʻri va xavfsiz harakatlanish.
🚛 Amaliy mashgʻulotlar: Tadbir davomida FVV Akademiyasining «Zilzila» mobil simulyatori imkoniyatlaridan foydalanilib, aholi va bolalarga zilzila vaqtida toʻgʻri harakatlanish koʻnikmalari amalda koʻrsatildi hamda oʻrgatildi.
Xavfsizlik qoidalariga rioya qiling, oʻzingiz va yaqinlaringizni asrang!





