“Zakovat” intellektual bilimlar tanlovining shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi
2026-07-10 16:00:00 / Yangiliklar

Bugun, 10-iyul kuni Toshkent shahrida joylashgan “Zakovat” intellektual klubi nodavlat notijorat tashkilotining katta zalida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi hamda “Zakovat” klubi hamkorligida bosh boshqarma tizimida xizmat olib borayotgan harbiy xizmatchilar va xodimlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual bilimlar tanlovining shahar bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.
Tanlov davomida ishtirokchilar tarix, adabiyot, fan-texnika, mantiq, O‘zbekiston tarixi hamda umumiy bilimlarga oid qiziqarli va murakkab savollarga javob topish orqali o‘z bilimlarini, mantiqiy fikrlash va intellektual salohiyatlarini namoyon etdilar.
Jamoaviy hamkorlikni mustahkamlash, tezkor va tahliliy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda ishtirokchilarning intellektual salohiyatini yuksaltirishga xizmat qilgan musobaqa yakunida eng yuqori natijalarni qayd etgan jamoalar munosib taqdirlanib, tanlovning navbatdagi bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdilar.





