"Qonunga hurmat — intizom asosi, intizom — shaxsiy tarkib qudrati"
2026-07-02 12:50:00 / Yangiliklar

Bugun Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi boshligʻi rahbarligida "Zoom" platformasi orqali navbatdagi onlayn videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
👥 Unda hududiy boshqarma, bo‘lim va tarkibiy tuzilmalardagi barcha harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.
Yig‘ilish "Qonunga hurmat — intizom asosi, intizom — shaxsiy tarkib qudrati" mavzusiga bag‘ishlanib, unda tizimda harbiy intizomni mustahkamlash va qonunchilikka qat’iy rioya etish masalalari tanqidiy va tahliliy ruhda muhokama qilindi.
📌 Videoselektor davomida quyidagi asosiy masalalarga e'tibor qaratildi:
Qonun ustuvorligi: Harbiy xizmatchilar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, korrupsion holatlarga murosasiz munosabatda bo‘lish;
Temir intizom: Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etishda har bir xodimning xizmat vazifasiga vijdonan va mas'uliyat bilan yondashishi;
Jangovar va ma'naviy tayyorgarlik: Shaxsiy tarkibning qudrati va xizmat samaradorligi aynan kuchli intizomga borib taqalishi hayotiy misollar bilan tushuntirildi.
Tadbir yakunida bosh boshqarma boshlig‘i tomonidan shaxsiy tarkib o‘rtasida intizomni yanada mustahkamlash, xizmat madaniyatini yuksaltirish hamda fuqarolar xavfsizligini ta'minlash yuzasidan mas'ullarga aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.



