“Toshkent shahrida atmosfera havosi ifloslanishining oldini olish hamda qurilish maydonlaridagi vaziyatni yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar
2026-05-07 19:00:00 / Yangiliklar
Yangihayot tumani hokimligi majlislar zalida Toshkent shahar hokimining “Toshkent shahrida atmosfera havosi ifloslanishining oldini olish hamda qurilish maydonlaridagi vaziyatni yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarori ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda tuman hokimligi mas’ullari, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bo‘limi, Qurilish bo‘limi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi markazi hamda Favqulodda vaziyatlar bo‘limi mutasaddilari, shuningdek, tumanda qurilish ishlarini olib borayotgan tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
🔺 Yig‘ilish davomida soha vakillariga qurilish obyektlarida ekologik talab va me’yorlarga qat’iy rioya etish, atmosfera havosiga zararli chiqindilarni kamaytirish, qurilish maydonlarida changlanishning oldini olish, sanitariya holatini yaxshilash hamda xavfsizlik choralarini kuchaytirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.







