Rahbar va Yoshlar uchrashuvi tashkil etildi.
2026-05-08 18:40:00 / Yangiliklar

Rahbar va Yoshlar uchrashuvi tashkil etildi.
Kuni kecha O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida Yoshlar kuni munosabati bilan Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi boshlig‘i Muxtor Muhitdinov bilan uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur uchrashuv davomida yoshlarga favqulodda vaziyatlarni oldini olish, hayot xavfsizligini ta’minlash, turli ekstremal holatlarda to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalari hamda bugungi kunda favqulodda vaziyatlar tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, Muxtor Yashnarovich o‘zining kasbiy faoliyati, xizmat davomida orttirgan tajribasi hamda mas’uliyatli kasb egasi bo‘lishning ahamiyati haqida samimiy fikrlar bildirib o‘tdi. Ayniqsa, yoshlarni vatanparvarlik, fidoyilik, hushyorlik va jamiyat oldidagi mas’uliyat ruhida tarbiyalash borasidagi mulohazalari talabalar tomonidan katta qiziqish bilan qarshi olindi.
Uchrashuv ochiq muloqot tarzida davom etib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.
Tadbir yakunida bunday uchrashuvlar yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, ularni hayotiy sinovlarga tayyorlash hamda yurt ravnaqi yo‘lida faol va tashabbuskor bo‘lishga undashi ta’kidlandi.






