RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI
2026-05-08 17:35:00 / Yangiliklar

Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalar, shuningdek yurtimizda yosh avlodga qaratilayotgan yuksak e’tibor hamda “Payshanba — yoshlar kuni” doirasida Uchtepa tumanida joylashgan Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetining Uchtepa tuman filialida oʻqituvchi va talabalar ishtirokida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” boʻlib oʻtdi.
Mazkur uchrashuvda Uchtepa tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi boshligʻi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi boshligʻining oʻrinbosari ishtirok etib, yoshlar bilan ochiq muloqot olib bordilar.
Uchrashuv davomida yoshlarning bilim va salohiyatini oshirish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, xavfsizlik madaniyatini shakllantirish hamda yoshlarning kelajakdagi maqsad va intilishlarini qoʻllab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.




