HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI — DOLZARB VAZIFA!
2026-11-19 09:30:00 / Majlislar
Payshanba — Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni munosabati bilan Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida “Radikal toifalarning yoshlarni o‘z oqimlariga jalb qilish va onglarini dasturlashda qo‘llayotgan usullari” mavzusida seminar tashkil etildi. Seminar davomida yoshlarni turli yot g‘oyalar va radikal oqimlar ta’siridan himoya qilish, internet va ijtimoiy tarmoqlardagi mafkuraviy tahdidlarga qarshi ogohlikni kuchaytirish, shuningdek, axborot xurujlariga nisbatan tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tadbir ishtirokchilariga mavzu yuzasidan zarur tushuncha va tavsiyalar berildi.
Ogohlik — xavfsizlik garovi!





