QUTQARUVCHILAR BOSHLANG‘ICH TAYYORGARLIKDAN O‘TMOQDA
2026-11-05 11:00:00 / Yangiliklar
urxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tizimiga yangi qabul qilingan qutqaruvchilar bilan boshlang‘ich tayyorgarlik mashg‘ulotlari olib borilmoqda.
Mashg‘ulotlar davomida xodimlarning jismoniy va kasbiy tayyorgarligi oshirilib, qutqaruv asbob-uskunalaridan foydalanish, jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish hamda favqulodda vaziyatlarda tezkor va to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalari shakllantirilmoqda.
Maqsad — aholi xavfsizligini ta’minlashga qodir, malakali va har qanday vaziyatga shay qutqaruvchilarni tayyorlash.


