YOSHLAR BILAN VATANPARVARLIK RUHIDA UCHRASHUV O‘TKAZILDI
2026-10-20 14:00:00 / Yangiliklar
Termiz tumani hududida joylashgan Surxondaryo ilg‘or kasbiy mahorat texnikumining qutqaruvchi guruhi o‘quvchilari bilan Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Faxriylar kengashi raisi ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy suhbat tashkil etildi.
Suhbat davomida qutqaruvchilik kasbining sharafli va mashaqqatli jihatlari, favqulodda vaziyatlarda inson hayotini asrab qolishning ahamiyati, yong‘in o‘chirish vositalari hamda ulardan to‘g‘ri foydalanish tartibi haqida tushunchalar berildi.
Shuningdek, yoshlarni vatanparvarlik, jasorat, fidoyilik va kasbga sadoqat ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.





