SURXONDARYODA “UCH AVLOD UCHRASHUVI” TADBIRLARI O‘TKAZILDI
2026-10-16 17:20:00 / Majlislar
Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Faxriylar kengashi raisi va a’zolari ishtirokida Qumqo‘rg‘on tumani qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan texnikum hamda Jarqo‘rg‘on tumanidagi 12-sonli umumta’lim maktabida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Dastlab, har ikki tumandagi avval kasbiylashtirilgan qutqaruv qismlari xodimlari bilan suhbatlar o‘tkazilib, kasbga sadoqat, xizmat intizomiga qat’iy rioya etish hamda shaxsiy tarkib o‘rtasida sog‘lom ma’naviy-ruhiy muhitni mustahkamlash masalalariga e’tibor qaratildi.
Shundan so‘ng ta’lim muassasalarida “Uch avlod uchrashuvi” tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Unda faxriylar o‘zlarining boy xizmat tajribalari bilan o‘rtoqlashib, yosh avlodni vatanparvarlik, fidoyilik va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlar ruhida tarbiyalash yuzasidan fikr-mulohazalar bildirdilar.







