HARBIY JAMOADA AHILLIK VA BIRDAMLIK — XIZMAT SAMARADORLIGINING MUHIM OMILI
2026-10-15 15:00:00 / Majlislar
Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida harbiy xizmatchilar va xodimlar o‘rtasida sog‘lom ma’naviy-ruhiy muhitni mustahkamlash, xizmat intizomiga rioya etish hamda huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida shaxsiy tarkib o‘rtasida o‘zaro hurmat, ahillik va birdamlikni mustahkamlash, qonuniylikni ta’minlash, xizmat vazifalarini mas’uliyat bilan bajarish hamda salbiy holatlarning barvaqt oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Yakunda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan mutaxassislardan tegishli tushuntirish va javoblar oldilar.






