TERMIZ SHAHAR BUYUM BOZORIDA TUNGI YONG‘IN O‘CHIRISH TAKTIK-AMALIY MASHQI O‘TKAZILDI
2026-10-14 00:00:00 / Amaliy-taktik o'quv mashg'ulotlar
Favqulodda vaziyatlar vaziri birinchi o‘rinbosari, polkovnik S. Zuparov rahbarligida Termiz shahar buyum bozorida tungi yong‘in o‘chirish taktik-amaliy mashqi o‘tkazildi.
Mashq davomida yong‘in-qutqaruv bo‘linmalarining shartli yong‘in holatidagi harakatlari, kuch va vositalarni safarbar etish tezligi, yong‘in o‘chirish ishlarini tashkil etish hamda vaziyatga tezkor munosabat bildirish qobiliyati bevosita kuzatildi va baholandi.
Shuningdek, xodimlarning kasbiy tayyorgarligi, maxsus texnikalardan foydalanish mahorati, o‘zaro hamkorligi va murakkab vaziyatlarda tezkor qaror qabul qilish ko‘nikmalariga alohida e’tibor qaratildi.
Favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik amalda sinaladi. Har bir soniya, har bir qaror va har bir harakat inson hayoti hamda mol-mulkini asrab qolishda muhim ahamiyat kasb etadi.










