VILOYAT BOZORLARIDA YONG‘IN XAVFSIZLIGI MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
2026-10-13 15:00:00 / Majlislar
Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik B. Xusanov viloyat hokimi U. Qosimovga Denov va Sherobod tumanlari markaziy bozorlarida aniqlangan yong‘in xavfsizligi bilan bog‘liq kamchiliklar haqida ma’lumot berdi.
Shuningdek, viloyat miqyosidagi bozor va savdo majmualarida yong‘in xavfsizligini ta’minlash holati, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish choralari yuzasidan taqdimot o‘tkazildi. Muhokama davomida bozorlarda yong‘in xavfsizligi talablariga qat’iy rioya etish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish hamda aholi va tadbirkorlar xavfsizligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.






