SARIOSIYO TUMANIDAGI PREZIDENT MAKTABIDA UCHRASHUV TASHKIL ETILDI
2026-10-12 10:30:00 / Majlislar
Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Faxriylar kengashi raisi va aʼzolari tomonidan Sariosiyo tumanidagi Prezident maktabida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida yoshlar bilan samimiy muloqot o‘tkazilib, ularga vatanparvarlik, Vatanga sadoqat, ajdodlar merosiga hurmat va yuksak maʼnaviy-axloqiy fazilatlar haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, hayotiy tajribalar asosida yoshlarni bilim olishga, intiluvchan bo‘lishga va yurt ravnaqi uchun munosib hissa qo‘shishga chorlashga alohida eʼtibor qaratildi.







