SURXONDARYODA “FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRI KUBOGI” UCHUN KURASH MUSOBAQASI O‘TKAZILDI
2026-10-08 18:00:00 / Yangiliklar
Surxondaryo viloyatida Favqulodda vaziyatlar vazirligining harbiy xizmatchilari va xizmatchilari o‘rtasida sportning kurash turi bo‘yicha “Favqulodda vaziyatlar vaziri kubogi” uchun musobaqa o‘tkazildi.
Musobaqaning birinchi kunida ishtirokchilar Al-Hakim at-Termiziy ziyoratgohiga tashrif buyurib, ziyorat qildilar. Shuningdek, musobaqaga tayyorgarlik doirasida qur’a tashlash va polvonlarning vaznini o‘lchash marosimlari o‘tkazildi.
Musobaqaning asosiy bellashuvlari Termiz shahridagi “Alpomish” sport majmuasida 8 ta vazn toifasida tashkil etilib, unda 12 ta viloyat, Toshkent shahri hamda 6 ta boshqarmadan 100 nafarga yaqin polvon ishtirok etdi.
Qizg‘in va murosasiz bellashuvlar yakuniga ko‘ra, umumjamoa hisobida:
🥇 1-o‘rin — Qashqadaryo viloyati FVB
🥈 2-o‘rin — Surxondaryo viloyati FVB
🥉 3-o‘rin — Samarqand viloyati FVB
Musobaqa g‘olib va sovrindorlari “Favqulodda vaziyatlar vaziri kubogi” hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.










