Uch avlod — ma’naviy meros va hayot maktabi
2026-10-07 11:05:00 / Majlislar
Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Faxriylar kengashi raisi va a’zolari tomonidan Uzun tumani “Yangi shahar” MFY hududidagi 4-sonli umumta’lim maktabida “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri o‘tkazildi.
Uchrashuvda faxriylar tomonidan yosh avlodga boy hayotiy va kasbiy tajribalari, Vatanga sadoqat, vatanparvarlik, mehnatsevarlik hamda insoniy qadriyatlar haqida samimiy suhbatlar olib borildi. Tadbir davomida yoshlarni yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, katta avlod vakillarining ibratli hayot yo‘lini yosh avlodga yetkazish, ular o‘rtasida mehr-oqibat va o‘zaro hurmatni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.




