“VOLONTYOR-QUTQARUVCHI"lar o‘zaro bellashdi
2026-10-02 16:00:00 / Amaliy-taktik o'quv mashg'ulotlar
Surxondaryo viloyatida yoshlarning favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish, tezkor qaror qabul qilish va jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish borasidagi bilim hamda amaliy ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazishga qaratilgan “Volontyor-qutqaruvchi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Bellashuvda shahar va tumanlarda faoliyat yuritayotgan volontyorlar jamoalari ishtirok etib, qutqaruvchilikka oid bilim va mahoratlarini namoyish etdilar.
Ishtirokchilar nazariy bilimlar, birinchi tibbiy yordam, chodir tikish, dor yo‘lidan o‘tish, estafeta va krossfit kabi shartlarda o‘zaro bellashdilar.
Murosasiz va qiziqarli kechgan bahslar yakunida:
🥇 1-o‘rin — Termiz shahar jamoasi
🥈 2-o‘rin — Denov tumani jamoasi
🥉 3-o‘rin — Sherobod tumani jamoasi
G‘olib va sovrindorlar diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Bunday bellashuvlar yoshlarning favqulodda vaziyatlarga tayyorgarligini oshirish, qutqaruvchilik kasbiga qiziqishini kuchaytirish va jamoaviy harakat ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.










