Tezkorlik va shaylik — asosiy mezon
2026-09-26 10:00:00 / Amaliy-taktik o'quv mashg'ulotlar
Bugun FVV mas’ul xodimlari tomonidan Surxondaryo viloyati FVB tuman va shahar FVB boshliqlari, qutqaruv qismlari boshliqlari hamda navbatchi guruh boshliqlaridan jangovar tayyorgarlik bo‘yicha sinovlar qabul qilindi.
Sinovlar davomida ishtirokchilarning ruhiy yo‘lakdan o‘tishi, tutunxonaga kirib, shartli jabrlanuvchini qutqarishi hamda ishg‘ol qilish narvoni yordamida 4 qavatli o‘quv minorasiga chiqish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalari baholandi.
Mazkur mashg‘ulotlar shaxsiy tarkibning jangovar shayligini, ruhiy barqarorligini, tezkor harakatlanish va murakkab sharoitlarda qutqaruv ishlarini samarali tashkil etish ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.










