Oltinsoy tumanidagi biriktirilgan mahallalarda uchrashuv o‘tkazildi
2026-09-24 16:05:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari
Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari polkovnik S. Zuparov hamda Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Sh. Shukurov ishtirokida Favqulodda vaziyatlar vazirligiga biriktirilgan Oltinsoy tumanidagi “Karsagan”, “Shoxcha”, “Chinor” va “Tog‘aymurod” mahallalari raislari hamda “mahalla yettiligi” vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda mahallalarda aholi xavfsizligini ta’minlash, mavjud muammolarni o‘rganish, murojaatlarni tahlil qilish va ularni amaliy hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, “Tog‘aymurod” mahallasida faoliyat yuritayotgan FVB inspektorining faoliyati, mahallada tashkil etilgan “Mahalla muhofazasi” xonasi hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish tadbirlariga jalb etilgan volontyorlar faoliyati ham o‘rganildi.
Mas’ullarga mahallalarda profilaktik ishlarni yanada kuchaytirish, “Mahalla muhofazasi” xonalaridan samarali foydalanish, volontyorlar bilan hamkorlikni mustahkamlash hamda aholi xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni tizimli davom ettirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.










