Onlayn qimor o‘yinlari: xavf va oqibatlar haqida ogohlantirildi
2026-09-24 12:00:00 / Majlislar
Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida sentyabr oyida o‘tkazilayotgan “Psixologik sog‘lomlashtirish oyligi” hamda “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida shaxsiy tarkib ishtirokida “Onlayn qimor o‘yinlari (1Xbet, MostBet, Aviator va boshqalar): sabablari va oqibatlari” mavzusida profilaktik ma’ruza tashkil etildi. Tadbirda boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik T. Turayev hamda Shaxsiy xavfsizlik bo‘limining mas’ul xodimlari ishtirok etdi. Tadbir davomida onlayn qimor o‘yinlariga berilishning salbiy oqibatlari, ularning insonning ruhiy holati, oilaviy va ijtimoiy munosabatlariga ta’siri, shuningdek, turli huquqbuzarliklarga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan omillar haqida tushuntirishlar berildi.
Shaxsiy tarkib vakillari mavzu yuzasidan ogohlikka chaqirilib, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarziga amal qilish hamda turli zararli odatlardan yiroq bo‘lish zarurligi ta’kidlandi.







