MAXSUS POLIGONDA AMALIY SINOVLAR O‘TKAZILDI
2026-09-19 10:00:00 / Amaliy-taktik o'quv mashg'ulotlar
Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining maxsus poligonida tuman va shahar FVB boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari hamda qutqaruv qismi boshliqlari ishtirokida amaliy sinovlar o‘tkazildi.
Sinovlarning asosiy maqsadi rahbar xodimlarning jismoniy va ruhiy tayyorgarligini oshirish, murakkab sharoitlarda tezkor va to‘g‘ri harakatlanish, maxsus vositalardan samarali foydalanish hamda qutqaruv ishlarini xavfsiz tashkil etish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashdan iborat.
Amaliy sinovlar davomida ruhiy yo‘lakcha, maxsus tutunxona hamda ishg‘ol qilish narvoni yordamida o‘quv minorasining 4-qavatiga chiqish bo‘yicha sinovlar qabul qilindi.
Shuningdek, kuchli tutun sharoitida harakatlanish, ruhiy zo‘riqishni yengib o‘tish va belgilangan vazifalarni xavfsiz hamda tezkor bajarish ko‘nikmalari baholandi.










