MA’NAVIY-MA’RIFIY TAYYORGARLIK MASHG‘ULOTI O‘TKAZILDI
2026-09-18 09:00:00 / Majlislar
Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida xodimlarning ma’naviy-ma’rifiy bilimlarini oshirish maqsadida navbatdagi mashg‘ulot o‘tkazildi.
Unda “Ommaviy madaniyat eʼtiborli masala” mavzusida tushunchalar berilib, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrash, ma’naviy immunitetni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.






