HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI KUNI DOIRASIDA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI
2026-09-17 09:00:00 / Majlislar
Payshanba — Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni munosabati bilan Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda tuman va shahar FVB xodimlari ishtirokida videokonferensiya (ZOOM) orqali yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda Termiz harbiy prokuraturasining mas’ul xodimi, shaxsiy xavfsizlik mas’ul xodimi hamda boshqarma rahbariyati ishtirok etib, xizmat intizomiga rioya qilish, huquqbuzarliklarning oldini olish, korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik va xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Yig‘ilish yakunida shaxsiy tarkibga xizmat vazifalarini vijdonan bajarish, qonuniylik va intizom talablariga qat’iy rioya qilish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab berildi.





