PSIXOLOGIK TRENING: STRESSNI BOSHQARISH VA JAMOAVIY JIPSLIK
2026-09-17 11:00:00 / Yangiliklar
Surxondaryo viloyati FVB harbiy psixologi tomonidan Jarqo‘rg‘on tumani FVB harbiy xizmatchilari va xizmatchilari bilan “FVV xodimlari orasida stressning kelib chiqish sabablari va undan chiqish usullari” mavzusida psixologik suhbat va trening tashkil etildi.
Suhbat davomida stressning kelib chiqish sabablari, uning salbiy oqibatlari, profilaktikasi hamda stressli vaziyatlardan chiqish usullari haqida tushunchalar berildi.
Shuningdek, shaxsiy tarkib bilan jamoaviy jipslikni mustahkamlash, o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish va ruhiy barqarorlikni oshirishga qaratilgan amaliy psixologik treninglar o‘tkazildi.






