BOLALAR XAVFSIZLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA
2026-09-16 12:00:00 / Yangiliklar
Termiz shahar FVB xodimlari tomonidan 26-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida yong‘in va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik-targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida tarbiyalanuvchilar va tashkilot xodimlariga yong‘in xavfsizligi qoidalari, favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish hamda xavfsizlik choralariga rioya etish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Asosiy maqsad — bolalar hayoti va sog‘lig‘ini asrash, favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda xavfsizlik madaniyatini yoshligidan shakllantirish.





