OʻQUV SEMINARI VA AMALIY MASHGʻULOT OʻTKAZILDI
2026-09-11 11:00:00 / Majlislar
Termiz Harbiy prokuraturasi tomonidan Qurolli Kuchlar tuzilmalarida tergovga qadar tekshiruv yoʻnalishida navbatdagi oʻquv amaliy mashgʻuloti va seminari tashkil etildi.
Ushbu tadbir Favqulodda vaziyatlar vazirligi Surxondaryo viloyati shahar va tuman favqulodda vaziyatlar boʻlimlarining tergovga qadar tekshiruv olib boruvchi masʼul mansabdor shaxslari ishtirokida boʻlib oʻtdi.
📌 Seminar davomida:
🔹 Qonunchilikka muvofiq tasdiqlangan “Jinoyat va hodisalarga oid ariza, xabar va boshqa maʼlumotlarni qabul qilish, roʻyxatga olish va koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisida”gi Низом talablari yigʻilganlarga atroflicha va sodda tilda tushuntirib berildi.
🔹 Tergovga qadar tekshiruv jarayonlarida raqamlashtirish imkoniyatlari hamda "E-material" elektron dasturiy moduli orqali murojaatlarni elektron roʻyxatga olish, koʻrib chiqish va nazorat qilish tartibi amaliy misollar bilan koʻrsatib oʻtildi.
🔹 FVB xodimlarining tergovga qadar tekshiruv oʻtkazish jarayonida процессуал normativalarga qatʼiy rioya etishi, qonuniylikni taʼminlash hamda xatoliklarga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha zarur tavsiya va koʻrsatmalar berildi.
Oʻquv mashgʻuloti yakunida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar va harbiy prokuratura xodimlaridan batafsil javoblar olishdi.






