MUSTAQILLIKNING 35 YILLIGI: SURXONDARYODA QUTQARUV TIZIMIGA YANGI KUCH VA IMKONIYATLAR Xalq xavfsizligi — davlat e’tiborining ustuvor yo‘nalishi!
2026-08-27 14:00:00 / Yangiliklar
Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Surxondaryo viloyatida favqulodda vaziyatlarda aholiga tezkor va samarali yordam ko‘rsatish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga qaratilgan salmoqli bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi.
Xususan, Sariosiyo va Jarqo‘rg‘on tumanlaridagi qutqaruv qismlari hamda Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining Hayot faoliyati xavfsizligi o‘quv markazi zamonaviy talablar asosida qurilib, foydalanishga topshirildi.
Yangi obyektlarning foydalanishga topshirilishi qutqaruvchilarning xizmat faoliyati uchun munosib sharoit yaratish bilan birga, hududlarda favqulodda vaziyatlarga tezkor javob qaytarish imkoniyatlarini yanada oshiradi.
Tantanali tadbirda Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari, podpolkovnik Jumayev Rustam Shuxratovich ishtirok etdi.
Tadbirning eng muhim voqealaridan biri — Favqulodda vaziyatlar vaziri tomonidan Sariosiyo va Jarqo‘rg‘on tumanlari qutqaruv qismlariga sovg‘a tariqasida bittadan zamonaviy maxsus qutqaruv texnikasi topshirilgani bo‘ldi.
Mazkur maxsus texnikalar tegishli qutqaruv qismlari boshliqlariga tantanali ravishda topshirildi.
Yangi qutqaruv qismlari — yangi sharoit.
Zamonaviy texnikalar — yangi imkoniyat.
Bularning barchasi — inson hayoti va xavfsizligini ta’minlash yo‘lida!
Bugun Surxondaryoda qutqaruv tizimining moddiy-texnik bazasi mustahkamlanib, aholiga xizmat ko‘rsatish sifati va tezkorligini oshirish uchun yana bir muhim qadam tashlandi.
Mustaqillik — bunyodkorlik va taraqqiyot!
Xalq xavfsizligi — bizning eng oliy vazifamiz!










