Yagona Vatan, yagona xalq — ezgulik va mehr-oqibat sari!
2026-08-19 15:00:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo viloyatida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida ezgulik chellenji davom etmoqda.
Chellenj doirasida Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Sh. Shukurov tomonidan Termiz shahrining Jo‘yjangal mahallasida istiqomat qiluvchi, Ijtimoiy himoya yagona reyestrida turuvchi oilalar holidan xabar olindi. Xonadon egalariga o‘quv qurollari va oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.
Shuningdek, xonadonlardagi xavfsizlik holati o‘rganilib, pechka mo‘rilari tozalandi hamda gaz plitalariga texnik xizmat ko‘rsatildi.
Mazkur ezgu tashabbus orqali ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish, ularning muammolarini o‘rganish va bayramona kayfiyat ulashish maqsad qilingan.
Ezgulik — birlashtiradi, mehr — yuksaltiradi!










