Surxondaryo viloyati FVBda kibersport bo‘yicha viloyat bosqichi o‘tkazildi
2026-08-18 15:30:00 / Yangiliklar
Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tizimida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar va xizmatchilardan tashkil topgan jamoalar o‘rtasida kibersport turi bo‘yicha viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Musobaqadan ko‘zlangan asosiy maqsad — ishtirokchilarning zamonaviy axborot texnologiyalari, dron va robototexnika yo‘nalishlaridagi bilim hamda amaliy ko‘nikmalarini oshirish, jamoaviy hamkorlikni mustahkamlash va sog‘lom raqobat muhitini rivojlantirishdan iborat.








